Maxfiylik
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-oktyabr
Sayt
Saytda ro'yxatdan o'tish yo'q. «Uyda nima bor?» sahifasida belgilagan masalliqlaringiz faqat brauzeringizda saqlanadi va bizga yuborilmaydi.
Saytni yaxshilash uchun Yandex Metrika ishlatiladi: u qaysi sahifalar ochilgani, qayerdan kelingani, qurilma turi va sahifadagi harakatlarni (bosishlar, aylantirish) shaxsingizni aniqlamasdan hisoblaydi va cookie fayllardan foydalanadi. Bu ma'lumotlar Yandex serverlarida umumlashtirilgan statistika ko'rinishida saqlanadi.
Telegram bot
Bot ishlashi uchun quyidagilar saqlanadi:
- Telegram ID va ismingiz (Telegram bergan ko'rinishda);
- oila soni, bolalar bor-yo'qligi, eslatma vaqti va yozuv (lotin/kirill);
- taklif qilingan, pishirilgan va sevimli taomlar;
- bot ichidagi qidiruvlar va yordamchiga yozilgan savollar (telefon va karta raqamlari yashiriladi).
Telefon raqami, manzil, joylashuv va to'lov ma'lumotlari so'ralmaydi va saqlanmaydi. Ma'lumotlar uchinchi tomonga berilmaydi va sotilmaydi — ular faqat takliflarni sizga moslash va botni yaxshilash uchun ishlatiladi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Botni to'xtatish uchun Telegram'da uni bloklash kifoya — eslatmalar kelmaydi. Ma'lumotlaringizni butunlay o'chirish uchun botda: Sozlamalar → «Ma'lumotlarimni o'chirish».
Bog'lanish
Savollar bo'lsa, botga yozing: @NimaOvqatUzBot