Grek salati
Boshqacha: grecheskiy salat, greek salat, yunon salati
- 15 daqiqa
- Oson
- Salat
Masalliqlar
- Pomidor 400 g
- Bodring 300 g
- Bolgar qalampiri 150 g
- Qizil piyoz 80 g
- Brinza yoki feta pishlog'i 150 g
- Zaytun (danaksiz) 80 g
- Zaytun yog'i 3 osh qoshiq
- Limon sharbati 1 osh qoshiq
- Quritilgan oregano (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Pomidor, bodring va bolgar qalampirini yirik bo'lak qilib to'g'rang.
Piyozni yupqa halqa qilib to'g'rang.
Sabzavotlar va zaytunni idishga soling.
Zaytun yog'i, limon sharbati va ozgina tuzni aralashtirib, salatga quying.
Ustiga brinzani kubik qilib qo'ying va oregano seping.