Ko'k barak
Boshqacha: ko'katli barak, xorazm ko'k barak
- 1 soat 10 daqiqa
- O'rtacha
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 400 g
- Suv (xamirga) 180 ml
- Tuxum (xamirga) 1 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ismaloq 300 g
- Ko'k piyoz 1 bog'
- Ukrop 1 bog'
- Kashnich 1 bog'
- Tuxum (ichlikka) 3 dona
- Sariyog' 50 g
- Qatiq (ixtiyoriy) 1 piyola
Tayyorlash
Un, tuxum, suv va tuzdan qattiq xamir qoring. Yopib, 30 daqiqa tindiring.
Ko'katlarni yuvib, quriting va juda mayda to'g'rang. Tuz bilan ozgina ezing.
Ko'katga chalingan tuxum va eritilgan sariyog'ning yarmini qo'shib aralashtiring.
Xamirni yupqa yoyib, 10-12 sm li aylanalar kesing. Har biriga ichlik solib, yarim oy qilib chetini mahkam yoping.
Qaynab turgan tuzli suvga soling. Yuziga chiqqach, yana 3-4 daqiqa pishiring.
Suzib olib, qolgan sariyog'ni surting. Qatiq bilan torting.