Quyultirilgan sutli yong'oqchalar
Boshqacha: oreshki so sgushchyonkoy, oreshki, yong'oqcha pechenye, sgushyonkali yong'oqcha
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Shirinlik
Masalliqlar
- Un 500 g
- Margarin yoki sariyog' 200 g
- Tuxum 2 dona
- Shakar 160 g
- Soda ½ choy qoshiq
- Qaynatilgan quyultirilgan sut 380 g
- Yong'oq mag'zi (ixtiyoriy) 50 g
Tayyorlash
Yumshoq margarinni shakar va tuxum bilan ko'pirtiring, soda qo'shing.
Unni qo'shib, tez yumshoq xamir qoring va 30 daqiqa muzlatgichda dam bering.
Yong'oqcha qolipini (oreshnitsa) qizdirib, yog' surting.
Har bir chuqurchaga no'xatdek xamir qo'yib, qolipni yopib, har ikki tomonini 2-3 daqiqadan tilla rang bo'lguncha pishiring.
Pallalarning ortiqcha qirrasini sindirib tozalang.
Ichiga qaynatilgan quyultirilgan sut va maydalangan yong'oq solib, ikki pallani juftlab yopishtiring.