Zebra pirogi
Boshqacha: zebra, pirog zebra, smetanali pirog
- 1 soat 20 daqiqa
- O'rtacha
- Shirinlik
Masalliqlar
- Un 250 g
- Shakar 300 g
- Tuxum 4 dona
- Smetana 200 g
- Sariyog' 100 g
- Kakao kukuni 2 osh qoshiq
- Soda 1 choy qoshiq
Tayyorlash
Tuxumni shakar bilan oqarib ko'pchiguncha ko'pirtiring.
Smetana va eritilgan sariyog'ni qo'shib aralashtiring, so'ng soda aralashtirilgan unni soling.
Xamirni teng ikkiga bo'ling, biriga kakao qo'shing.
Yog'langan qolip markaziga 2 osh qoshiqdan oq va qora xamirni navbat bilan quying.
180 darajali pechda 50-60 daqiqa, cho'p quruq chiqquncha pishiring.