Koreyscha baqlajon
Boshqacha: kadi-cha, baklazhany po-koreyski, baqlajon-cha, koreyscha baqlajon salati
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Salat
Masalliqlar
- Baqlajon 600 g
- Bolgar qalampiri 2 dona
- Sabzi 1 dona
- Piyoz 1 dona
- Sarimsoq (tish) 4 dona
- Sirka (9%) 2 osh qoshiq
- Shakar 1 osh qoshiq
- Soya sousi (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq
- Yanchilgan kashnich urug'i 1 choy qoshiq
- Achchiq qizil qalampir ½ choy qoshiq
- O'simlik yog'i 6 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Baqlajonni barmoqdek uzun bo'laklarga kesing, tuz sepib 20 daqiqa qo'ying va suvini siqing.
Baqlajonni yog'da yumshaguncha qovurib, idishga oling.
Bolgar qalampirini somoncha, piyozni yarim halqa qilib to'g'rang, sabzini koreyscha qirg'ichdan o'tkazing.
Piyozni o'sha yog'da 2-3 daqiqa qovuring, qalampir va sabzini qo'shib, 2 daqiqa aralashtiring.
Sabzavotlarni baqlajonga qo'shing, ezilgan sarimsoq, kashnich, qizil qalampir, shakar, sirka va soya sousini qo'shib, ehtiyotlab aralashtiring.
Kamida 1 soat sovuq joyda dam bering, keyin torting.