Koreyscha kartoshka
Boshqacha: kartoshka po-koreyski, kamdi-cha, koreyscha kartoshka salati
- 1 soat
- O'rtacha
- Salat
Masalliqlar
- Kartoshka 600 g
- Piyoz 1 dona
- Sarimsoq (tish) 3 dona
- O'simlik yog'i 70 ml
- Soya sousi 2 osh qoshiq
- Sirka (9%) 1½ osh qoshiq
- Shakar 1 choy qoshiq
- Yanchilgan kashnich urug'i 1 choy qoshiq
- Qizil qalampir (paprika) 1 choy qoshiq
- Achchiq qizil qalampir (ixtiyoriy) ½ choy qoshiq
- Kunjut (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Kartoshkani archib, koreyscha qirg'ichda ingichka somon qiling va darrov sovuq suvga soling.
Kraxmali ketishi uchun kartoshkani 3-4 marta, suvi tiniqlashguncha yuving.
Qaynab turgan tuzli suvga solib 2-3 daqiqa pishiring (yumshab ketmasin). Dumshoqqa olib, sovuq suvda chayib, yaxshilab suvini qochiring.
Kartoshkaga ezilgan sarimsoq, soya sousi, sirka, shakar, kashnich urug'i va tuz qo'shing.
Yog'ni qizdirib, yarim halqa piyozni 3-4 daqiqa qovuring, paprika va achchiq qalampirni qo'shib, darrov olovdan oling.
Issiq yog'ni (piyoz bilan yoki piyozsiz) kartoshkaga quyib aralashtiring.
30 daqiqa muzlatkichda singdiring, kunjut sepib torting.