Koreyscha sabzi
Boshqacha: morkovcha, morkov po-koreyski, marinadlangan sabzi
- 45 daqiqa
- Oson
- Salat
Masalliqlar
- Sabzi 600 g
- Sarimsoq (tish) 4 dona
- O'simlik yog'i 60 ml
- Sirka (9%) 2 osh qoshiq
- Shakar 1 osh qoshiq
- Tuz 1 choy qoshiq
- Qizil qalampir (maydalangan) 1 choy qoshiq
- Kashnich urug'i (maydalangan) 1 choy qoshiq
Tayyorlash
Sabzini koreyscha qirg'ichda ingichka qilib qiring.
Tuz va shakar sepib, qo'l bilan ezing va 10 daqiqa qo'ying.
Sirka, ezilgan sarimsoq, qizil qalampir va kashnich urug'ini ustiga seping.
Yog'ni qattiq qizdirib, ziravorlar ustiga quying va aralashtiring.
Yopib, muzlatgichda kamida 30 daqiqa, yaxshisi bir kecha turg'izing.