Lavash achmasi
Boshqacha: dangasa achma, lenivaya achma, achma iz lavasha, lavashli achma
- 40 daqiqa
- Oson
- Nonushta
Masalliqlar
- Yupqa lavash (katta) 3 dona
- Pishloq (sulguni yoki brinza) 300 g
- Tvorog 200 g
- Tuxum 3 dona
- Sut 200 ml
- Sariyog' 50 g
- Ukrop yoki kashnich ½ bog'
Tayyorlash
Pechni 200 darajaga qizdiring, qolipni sariyog' bilan moylang.
Pishloqni qirg'ichdan o'tkazib, tvorog va mayda to'g'ralgan ko'kat bilan aralashtiring.
Tuxumni sut bilan chayqab, quyma tayyorlang.
Qolipga bitta lavashni chetlari osilib turadigan qilib qo'ying, quyma surtib, ichiga masalliq yoying.
Qolgan lavashlarni yirtib, quymaga botirib, masalliq bilan navbatma-navbat tering va chetlarini buklang.
Ustiga qolgan quyma va sariyog' bo'lakchalarini qo'yib, 20-25 daqiqa qizartirib pishiring.