Qishga marinadlangan bodring
Boshqacha: marinovannye ogurtsy, konserva bodring, bankadagi bodring
- 1 soat 20 daqiqa
- O'rtacha
- Salat
Masalliqlar
- Bodring (mayda, qattiq) 1,8 kg
- Suv 1,5 l
- Tuz (yodlanmagan) 3 osh qoshiq
- Shakar 4 osh qoshiq
- Sirka (9%) 150 ml
- Sarimsoq (tish) 6 dona
- Ukrop soyaboni 3 dona
- Lavr bargi 3 dona
- Qora murch (no'xat) 15 dona
- Achchiq qalampir (ixtiyoriy) 1 dona
Tayyorlash
Bodringni yuvib, imkoni bo'lsa 2 soat sovuq suvda ushlang, uchlarini kesing.
Uchta 1 litrli bankani qopqog'i bilan yuvib, bug'da sterillang.
Har bankaga ukrop soyaboni, 2 tish sarimsoq, lavr bargi va 5 dona murch soling, ustidan bodringni tik qilib zich joylang.
Bankalarga qaynoq suv quyib, qopqoq bilan yopib 15 daqiqa qoldiring va suvni to'king. Yana qaynoq suv quyib, 10 daqiqa qoldiring. Shu suvni qozonga to'kib, tuz va shakar qo'shib qaynating.
Har bankaga 50 ml sirka quying va qaynoq marinad bilan bo'g'zigacha to'ldiring.
Sterillangan qopqoq bilan mahkam yoping, teskari ag'darib, o'rab, to'liq sovuting.
Salqin joyda saqlang. 2-3 haftadan keyin ochish yaxshi.