Mayizli keks
Boshqacha: keks, keks s izyumom, uy keksi
- 1 soat 10 daqiqa
- Oson
- Shirinlik
Masalliqlar
- Un 260 g
- Sariyog' 150 g
- Shakar 160 g
- Tuxum 3 dona
- Sut 40 ml
- Qabartirgich 1 choy qoshiq
- Mayiz 100 g
- Vanilin (ixtiyoriy) 1 chimdim
Tayyorlash
Mayizni yuvib, 10 daqiqa iliq suvda ivitib, quriting.
Yumshoq sariyog'ni shakar bilan oqarguncha ko'pirtiring.
Tuxumlarni birma-bir qo'shing, keyin sut va vanilinni soling.
Qabartirgich aralashtirilgan unni qo'shing, oxirida unga belangan mayizni soling.
Xamirni yog'langan qolipga solib, 180 darajada 40-45 daqiqa pishiring.