Qora olxo'rili lavlagi salati
Boshqacha: chernoslivli lavlagi, svekla s chernoslivom, olxo'ri qoqili lavlagi salati
- 1 soat 15 daqiqa
- Oson
- Salat
Masalliqlar
- Lavlagi 500 g
- Qora olxo'ri qoqi (chernosliv) 80 g
- Yong'oq mag'zi 60 g
- Sarimsoq (tish) 1 dona
- Smetana yoki mayonez 3 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Lavlagini yuvib, yumshaguncha 50-60 daqiqa qaynating va sovuting.
Olxo'ri qoqisini 10 daqiqa issiq suvda ivitib, mayda to'g'rang.
Yong'oqni quruq tovada biroz qovurib, pichoqda maydalang.
Lavlagini tozalab, yirik qirg'ichdan o'tkazing, sarimsoqni ezing.
Hammasini smetana bilan aralashtirib, tuzini rostlang va sovuq holda torting.