Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Qozon kabob
Surat: NimaOvqat

Qozon kabob

Boshqacha: qozon kabobi, kartoshkali kabob

  • 1 soat 10 daqiqa
  • O'rtacha
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Qo'y go'shti (qovurg'a) 1 kg
  • Kartoshka 1 kg
  • Piyoz 200 g
  • O'simlik yog'i 100 ml
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Zira 1 choy qoshiq

Tayyorlash

  1. Go'shtni 4-5 sm li bo'laklarga to'g'rang. Kartoshkani tozalab, yirik bo'laklarga kesing.

  2. Qozonda yog'ni yaxshi qizdiring. Go'shtni solib, kuchli olovda har tomonini 15 daqiqa qizartiring.

  3. Tuz va zira seping. Qopqoqni yopib, past olovda 30 daqiqa pishiring.

  4. Kartoshkani go'sht ustiga soling va ozgina tuz seping. Qopqoqni yopib, kartoshka yumshaguncha 20 daqiqa pishiring.

  5. Piyozni halqa qilib to'g'rang. Kabobni likopchaga suzib, ustiga piyoz yoying.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar