Andijon devzira oshi
Boshqacha: devzira osh, Farg'ona oshi, andijanskiy plov
- 2 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Devzira guruchi 1 kg
- Qo'y go'shti (suyakli) 1 kg
- Sariq sabzi 1 kg
- Piyoz 300 g
- Paxta yog'i yoki o'simlik yog'i 250 ml
- No'xat (ixtiyoriy) 150 g
- Bolgar qalampiri (ixtiyoriy) 1 dona
- Achchiq qalampir (ixtiyoriy) 1 dona
- Sarimsoq boshi 3 dona
- Zira 1 osh qoshiq
- Zirk (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
No'xat qo'shsangiz, kechasi bilan ivitib qo'ying. Devzirani yuvib, iliq sho'r suvda 2 soat ivitib qo'ying (shu orada zirvak tayyorlanadi).
Qozonda yog'ni tutun chiqquncha qizdiring. Suyakli go'shtni soling va qizarguncha qovuring.
Halqa qilib to'g'ralgan piyozni qo'shib, qizarguncha qovuring.
Somoncha qilib to'g'ralgan sabzini qo'shing va 10-15 daqiqa qovuring. No'xat, zira, zirk va tuz soling.
Issiq suv quying, butun bolgar va achchiq qalampirni soling. Past olovda 40 daqiqa zirvak qaynating.
Guruchni yoyib, guruchdan 1,5 sm baland qaynoq suv quying. Suvi singguncha pishiring, sarimsoqni botiring.
Guruchni tepalik qilib yig'ing, qopqoqni yopib, past olovda 30 daqiqa dimlang. Aralashtirib, laganga suzing.