Sirkali piyoz
Boshqacha: marinadlangan piyoz, marinovannyy luk, shashlik piyozi, piyoz salat
- 40 daqiqa
- Oson
- Salat
Masalliqlar
- Piyoz (qizil yoki oq) 3 dona
- Sirka (9%) 2 osh qoshiq
- Suv 100 ml
- Shakar 1 choy qoshiq
- Tuz ½ choy qoshiq
- Ukrop yoki kashnich ½ bog'
- Sumax (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
- Qizil qalampir kukuni (ixtiyoriy) 1 chimdim
Tayyorlash
Piyozni tozalab, yupqa halqa yoki yarim halqa qilib to'g'rang.
Iliq suvda shakar, tuz va sirkani eritib, marinad tayyorlang.
Piyozni marinadga botirib, qo'lda ozgina ezing va 30 daqiqa qo'ying.
Marinadini to'kib, mayda to'g'ralgan ko'kat va sumax sepib, shashlik yoki kabob yoniga torting.