Tvorogli pechenye
Boshqacha: gusinye lapki, g'oz panjasi, treugolniki, tvorogli uchburchak
- 1 soat
- Oson
- Shirinlik
Masalliqlar
- Tvorog 300 g
- Sariyog' 120 g
- Un 200 g
- Tuxum 1 dona
- Qabartirgich 1 choy qoshiq
- Shakar 100 g
- Tuz 1 chimdim
Tayyorlash
Yumshoq sariyog', tvorog va tuxumni vilka bilan bir xil massa bo'lguncha ezing.
Un, qabartirgich va tuzni qo'shib, yumshoq xamir qoring va 30 daqiqa muzlatgichda dam bering.
Xamirni 3-4 mm yoyib, piyola bilan doira kesing.
Har doirani bir tomonini shakarga botirib, shakarli tomonini ichiga qilib ikki marta buklang (uchburchak).
Ustini ham shakarga botirib, 190 darajada 20 daqiqa qizarguncha pishiring.