Achchiq qalampir sousi
Boshqacha: achchiq yog'
- 15 daqiqa
- Oson
- Sous va qo'shimcha
Masalliqlar
- Qizil achchiq qalampir kukuni 3 osh qoshiq
- Sarimsoq 4 dona
- O'simlik yog'i 100 ml
- Sirka (9% li) 1 osh qoshiq
- Tuz ½ choy qoshiq
- Zira (ixtiyoriy) ½ choy qoshiq
Tayyorlash
Sarimsoqni mayda ezing.
Qizil qalampir, sarimsoq, tuz va ziralarni idishga soling.
Yog'ni tutay boshlaguncha qizdiring.
Qizdirilgan yog'ni ehtiyotlik bilan qalampir ustiga quying.
Sovigach, sirka qo'shib aralashtiring.