Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Xamirli taomlar
Gumma
Surat: luqmaa.uz

Gumma

Boshqacha: gumma pirojki, jigarli gumma, o'pka-jigarli gumma

  • 2 soat
  • O'rtacha
  • Xamirli taom
Botda ochish

Masalliqlar

6 kishiga
  • Un 500 g
  • Suv (iliq) 300 ml
  • Quruq xamirturush 7 g
  • Shakar 1 choy qoshiq
  • Mol jigari 300 g
  • Mol o'pkasi 300 g
  • Piyoz 300 g
  • Dumba (ixtiyoriy) 50 g
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Qora qalampir ta'bga ko'ra
  • O'simlik yog'i (qovurishga) 500 ml

Tayyorlash

  1. Iliq suvga xamirturush, shakar va tuzni aralashtiring, un qo'shib yumshoq xamir qoring. 1 soat oshiring.

  2. Shu orada o'pka va jigarni tuzli suvda 40-45 daqiqa qaynatib, sovuting.

  3. O'pka-jigarni qiymalagichdan o'tkazing yoki mayda to'g'rang.

  4. Mayda to'g'ralgan piyoz va dumbani ozgina yog'da 5 daqiqa qovurib, qiymaga qo'shing. Zira, tuz va qalampir soling.

  5. Xamirni 16 ta bo'lakka bo'lib, har birini yoying. Ichlik solib, cho'zinchoq qilib chetini yaxshi yoping.

  6. Qizigan yog'da ikki tomonini tillarang bo'lguncha qovuring va issiq holda torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha xamirli taomlar