Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Nonushta
Ko'katli tuxum quymoq
Surat: NimaOvqat

Ko'katli tuxum quymoq

Boshqacha: kuku, kyukyu, kuku sabzi, omlet s zelenyu, ko'katli omlet

  • 30 daqiqa
  • Oson
  • Nonushta
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Tuxum 6 dona
  • Kashnich 1 bog'
  • Ukrop 1 bog'
  • Petrushka 1 bog'
  • Ko'k piyoz 1 bog'
  • Ismaloq (ixtiyoriy) 100 g
  • Sariyog' 40 g
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Qora murch ta'bga ko'ra
  • Qatiq (ixtiyoriy) 200 g

Tayyorlash

  1. Ko'katlarni yuvib, yaxshilab quriting va mayda to'g'rang.

  2. Tuxumni tuz va murch bilan chayqab, ko'katni qo'shing (massa tuxumdan ko'ra ko'katli bo'ladi).

  3. Tovada sariyog'ni eritib, massani quying va tekislang.

  4. Qopqoq ostida past olovda 10-12 daqiqa pishiring, so'ng likopcha yordamida ag'darib, yana 3-4 daqiqa pishiring.

  5. Bo'laklarga kesib, qatiq bilan torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha nonushta