Kefirli oladi
Boshqacha: oladyi, oladushki, kefirli quymoq
- 30 daqiqa
- Oson
- Nonushta
Masalliqlar
- Kefir yoki qatiq 500 ml
- Tuxum 1 dona
- Un 300 g
- Shakar 2 osh qoshiq
- Soda ½ choy qoshiq
- Tuz 1 chimdim
- O'simlik yog'i 4 osh qoshiq
Tayyorlash
Iliq kefirni tuxum, shakar va tuz bilan aralashtiring.
Soda qo'shib aralashtiring.
Unni oz-ozdan qo'shib, quyuq smetanadek xamir qiling. 10 daqiqa tindiring.
Tovada yog'ni qizdirib, xamirni qoshiqda soling.
O'rta olovda har tomonini 2 daqiqadan pishiring.
Asal, murabbo yoki smetana bilan torting.