Qovurdoq
Boshqacha: go'sht qovurdoq, kovurdak
- 1 soat 10 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Qo'y go'shti 700 g
- Kartoshka 500 g
- Piyoz 200 g
- Pomidor 150 g
- Bolgar qalampiri 1 dona
- O'simlik yog'i 70 ml
- Tuz ta'bga ko'ra
- Zira (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
- Kashnich (ixtiyoriy) 1 bog'
Tayyorlash
Go'shtni o'rtacha bo'laklarga to'g'rang. Kartoshkani yirik kubik qilib to'g'rang.
Qozonda yog'ni qizdirib, go'shtni kuchli olovda qizarguncha qovuring.
Halqa qilib to'g'ralgan piyozni qo'shing va 5 daqiqa qovuring.
Pomidor va bolgar qalampirini to'g'rab soling, tuz va zira qo'shing.
Kartoshkani qo'shib aralashtiring. Ozgina suv quyib, qopqoqni yoping va past olovda 30 daqiqa pishiring.
Kashnich sepib torting.