Tovuq oshqozoni dimlamasi
Boshqacha: kurinye zheludki, kurinye pupki, tovuq pupagi, tovuq oshqozoni qovurma
- 1 soat 40 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Tovuq oshqozoni 800 g
- Piyoz 2 dona
- Sabzi 1 dona
- Tomat pastasi 2 osh qoshiq
- Sarimsoq (tish) 2 dona
- O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
- Issiq suv 400 ml
- Dafna yaprog'i 2 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Oshqozonlarni yaxshilab yuvib, sariq pardasi qolgan bo'lsa tozalang va 2-3 bo'lakka kesing.
Ularni suvga solib, qaynagach ko'pigini olib, past olovda 40 daqiqa qaynating. Suvini to'king.
Qozonda yog'da piyoz va qirg'ichdan o'tkazilgan sabzini yumshaguncha qovuring.
Oshqozonlarni qo'shib 5 daqiqa qovuring, tomat pastasini solib yana 2 daqiqa qovuring.
Issiq suv, dafna yaprog'i, tuz va qalampir qo'shing. Qopqog'ini yopib, past olovda 40 daqiqa, yumshaguncha dimlang.
Oxirida ezilgan sarimsoqni qo'shing. Grechka, guruch yoki pyure bilan torting.