Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Tovuqli dimlama
Surat: chakchak.uz

Tovuqli dimlama

Boshqacha: tovuq dimlama, tovuq bosma

  • 1 soat
  • Oson
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Tovuq (son qismi) 800 g
  • Kartoshka 500 g
  • Sabzi 200 g
  • Piyoz 200 g
  • Karam 300 g
  • Bolgar qalampiri 1 dona
  • Pomidor 200 g
  • Sarimsoq (tish) (ixtiyoriy) 4 dona
  • O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
  • Zira (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
  • Kashnich (ixtiyoriy) 1 bog'
  • Tuz ta'bga ko'ra

Tayyorlash

  1. Tovuqni bo'laklab, qozon tagiga yog' quyib tering. Tuz va zira seping.

  2. Ustiga halqa qilib to'g'ralgan piyozni yoying.

  3. Keyin sabzi, kartoshka, bolgar qalampiri va pomidorni qatlam-qatlam tering. Har qatlamga ozgina tuz seping.

  4. Eng ustini karam barglari yoki yirik to'g'ralgan karam bilan yoping, sarimsoqni botiring.

  5. Qopqoqni zich yopib, qaynagach olovni pasaytiring va 40-45 daqiqa dimlang. Kashnich sepib torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar