Tvorogli vareniki
Boshqacha: vareniki s tvorogom, tvorogli chuchvara
- 1 soat
- Oson
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 350 g
- Suv yoki kefir (xamirga) 170 ml
- Tuxum (xamirga) 1 dona
- Tvorog 500 g
- Tuxum (ichlikka) 1 dona
- Shakar 2 osh qoshiq
- Sariyog' 40 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Smetana 4 osh qoshiq
Tayyorlash
Un, tuxum, suv yoki kefir va bir chimdim tuzdan yumshoq xamir qoring. Yopib, 20 daqiqa tindiring.
Tvorogni vilka bilan ezib, tuxum, shakar va bir chimdim tuz qo'shib aralashtiring.
Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib, stakan bilan doiralar kesing.
Har biriga bir choy qoshiq ichlik qo'yib, yarim oy qilib chetini mahkam qising.
Qaynab turgan tuzli suvga soling. Yuziga chiqqach, 3-4 daqiqa pishiring.
Suzib olib, sariyog' bilan aralashtiring va smetana bilan torting.