Uy pitsasi
Boshqacha: pitsa, pizza, pitstsa
- 1 soat 15 daqiqa
- Oson
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 300 g
- Iliq suv 180 ml
- Quruq xamirturush 5 g
- Shakar 1 choy qoshiq
- O'simlik yoki zaytun yog'i 2 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Tomatli pitsa sousi 100 g
- Mozzarella pishlog'i 200 g
- Qaynatilgan tovuq yoki halol kolbasa 200 g
- Bolgar qalampiri 1 dona
- Pomidor 150 g
- Shampinyon (ixtiyoriy) 100 g
- Oregano yoki rayhon (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
Tayyorlash
Iliq suvga xamirturush va shakarni aralashtiring. Un, tuz va yog' qo'shib yumshoq xamir qoring.
Xamirni yopib, iliq joyda 40 daqiqa oshiring.
Tovuq, bolgar qalampiri, pomidor va qo'ziqorinni yupqa to'g'rang. Pishloqni qirg'ichdan o'tkazing.
Xamirni ikkiga bo'lib, yog' surtilgan patnisda yupqa aylana qilib yoying.
Sous surting, ustiga ichlikni tering va pishloq seping. Oregano qo'shing.
Oldindan qizdirilgan pechda 220 darajada 12-15 daqiqa pishiring.