Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Xamirli taomlar
Tovuqli somsa
Surat: Tahir Xəlfəquliyev / Pexels

Tovuqli somsa

Boshqacha: tovuq somsa, samsa s kuritsey

  • 1 soat
  • Oson
  • Xamirli taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Tayyor qatlamali xamir 500 g
  • Tovuq (son filesi) 500 g
  • Piyoz 300 g
  • Sariyog' (ixtiyoriy) 30 g
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Qora qalampir ta'bga ko'ra
  • Tuxum 1 dona
  • Kunjut (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq

Tayyorlash

  1. Qatlamali xamirni xona haroratida eritib qo'ying.

  2. Tovuqni pichoqda mayda to'g'rang. Mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, zira va qalampir qo'shib aralashtiring.

  3. Xamirni yupqaroq yoyib, 12x12 sm li kvadratlarga kesing.

  4. Har kvadratga ichlik va bir bo'lakcha sariyog' solib, uchburchak qilib chetlarini yoping.

  5. Yog'li qog'oz to'shalgan patnisga tering. Chalingan tuxum surtib, kunjut seping.

  6. Pechda 200 darajada 25-30 daqiqa pishiring.

Somsa turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha xamirli taomlar