Xitoycha go'sht
Boshqacha: nordon-shirin go'sht, myaso po-kitayski, kislo-sladkoe myaso
- 50 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Mol go'shti (lahm) 500 g
- Soya sousi 3 osh qoshiq
- Kraxmal 1 osh qoshiq
- Un 1 osh qoshiq
- Bolgar qalampiri 2 dona
- Piyoz 1 dona
- Sabzi 1 dona
- Sarimsoq (tish) 2 dona
- Tomat pastasi 2 osh qoshiq
- Olma sirkasi 2 osh qoshiq
- Shakar 2 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 100 ml
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Go'shtni tolasiga ko'ndalang yupqa tilimlang. Soya sousi, kraxmal va un bilan aralashtirib, 20 daqiqa qoldiring.
Qalampir, piyoz va sabzini somoncha qilib to'g'rang.
Chuqur tovada yog'ni kuchli qizdirib, go'shtni bo'lib-bo'lib 3-4 daqiqadan qovurib oling.
Ortiqcha yog'ni to'kib, sabzavot va sarimsoqni kuchli olovda 3-4 daqiqa qovuring.
Tomat pastasi, sirka, shakar va 100 ml suvni aralashtirib quying. Go'shtni qaytarib, 5 daqiqa dimlang va guruch bilan torting.