Grechka
Boshqacha: grechka bo'tqasi, marjumak
- 30 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Grechka 300 g
- Suv 600 ml
- Sariyog' 30 g
- Piyoz (ixtiyoriy) 1 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Grechkani ayirib, yuving. Quruq tovada 2-3 daqiqa qizdiring.
Qozonga 600 ml suv quyib qaynating va tuz soling.
Grechkani solib, qopqoqni yoping va past olovda 15-20 daqiqa pishiring.
Xohlasangiz, piyozni sariyog'da qovurib qo'shing.
Sariyog' qo'shib aralashtiring va 5 daqiqa dimlang. Kotlet, sut yoki salat bilan torting.