Qiymali kartoshka zapekanka
Boshqacha: kartofelnaya zapekanka, qiymali zapekanka
- 1 soat 10 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Kartoshka 1 kg
- Mol go'shti qiymasi 500 g
- Piyoz 150 g
- Sut 150 ml
- Sariyog' 30 g
- Tuxum 1 dona
- O'simlik yog'i 2 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
- Pishloq (ixtiyoriy) 100 g
Tayyorlash
Kartoshkani sho'r suvda 20 daqiqa qaynating. Sut va sariyog' bilan pyure qilib, tuxumni qo'shing.
Qiymani mayda to'g'ralgan piyoz bilan yog'da 10 daqiqa qovuring. Tuz va qalampir soling.
Yog' surtilgan qolipga pyurening yarmini tekis yoying.
Ustiga qiymani, keyin qolgan pyureni yoying.
Pishloq seping va 190 darajali pechda 25 daqiqa, usti qizarguncha pishiring.