Lazanya
Boshqacha: qiymali lazanya, lazanya bolonez, lasagna
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Lazanya varaqlari 250 g
- Mol go'shti qiymasi 500 g
- Piyoz 1 dona
- Sabzi 1 dona
- Sarimsoq (tish) 2 dona
- Pomidor 4 dona
- Tomat pastasi 2 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 2 osh qoshiq
- Sut 700 ml
- Sariyog' 60 g
- Un 60 g
- Qattiq pishloq 200 g
- Muskat yong'og'i (ixtiyoriy) 1 chimdim
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Piyoz, sabzi va sarimsoqni mayda to'g'rab, yog'da 5 daqiqa qovuring. Qiymani qo'shib, uvalab, rangi o'zgarguncha qovuring.
Po'sti olingan, maydalangan pomidor, tomat pastasi, tuz va qalampirni qo'shib, qopqoq ostida 20 daqiqa dimlang.
Beshamel tayyorlang: sariyog'ni eritib, unni 1-2 daqiqa qovuring. Sutni oz-ozdan quyib, to'xtovsiz aralashtirib, quyuqlashguncha qaynating. Tuz va muskat qo'shing.
Qolip tubiga ozgina beshamel surting. Varaq, qiyma, beshamel, pishloq tartibida 3-4 qatlam tering. Eng ustiga beshamel va pishloq qo'ying.
180°C pechda 35-40 daqiqa pishiring. 10 daqiqa tindirib, bo'laklab kesing.