Olxo'rili go'sht
Boshqacha: qoqi olxo'rili go'sht, chernoslivli go'sht, govyadina s chernoslivom
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Mol go'shti 700 g
- Qora olxo'ri qoqisi 120 g
- Piyoz 2 dona
- Sabzi 1 dona
- Tomat pastasi 1 osh qoshiq
- Un 1 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
- Dafna yaprog'i 1 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Go'shtni 3 sm bo'laklarga bo'ling. Qoqini yuvib, 10 daqiqa iliq suvga soling.
Qozonda yog'ni qizdirib, go'shtni qizartiring. Piyoz va sabzini qo'shib, 5 daqiqa qovuring.
Tomat pastasi, tuz, qalampir va dafna yaprog'ini qo'shing. 1,5 piyola issiq suv quyib, qopqoq ostida 50 daqiqa dimlang.
Qoqini qo'shib, yana 20 daqiqa dimlang.
Unni ozgina sovuq suvda eritib quying va aralashtirib 5 daqiqa qaynating. Pyure yoki guruch bilan torting.