Pankeyk
Boshqacha: pankeyki, pancakes, amerikancha quymoq, pishiq quymoq
- 30 daqiqa
- Oson
- Nonushta
Masalliqlar
- Un 220 g
- Sut 250 ml
- Tuxum 1 dona
- Shakar 2 osh qoshiq
- Qabartirgich 2 choy qoshiq
- Sariyog' (eritilgan) 30 g
- Tuz 1 chimdim
- Asal yoki murabbo (ixtiyoriy) 4 osh qoshiq
Tayyorlash
Iliq sut, tuxum, shakar va eritilgan sariyog'ni aralashtiring.
Un, qabartirgich va tuzni elab qo'shing, yirik bo'laklar yo'qolguncha qisqa aralashtiring.
Xamirni 10 daqiqa dam bering.
Quruq tovani o'rta olovda qizdirib, bir cho'mich xamir quying.
Ustida pufakchalar chiqqach ag'darib, ikkinchi tomonini 1 daqiqa pishiring.
Asal yoki murabbo bilan issiq holda torting.