Spagetti bolonez
Boshqacha: bolonez, pasta bolonez, spagetti boloneze
- 1 soat
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Spagetti 400 g
- Mol go'shti qiymasi 400 g
- Piyoz 1 dona
- Sabzi 1 dona
- Sarimsoq (tish) 2 dona
- Pomidor 4 dona
- Tomat pastasi 2 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
- Quritilgan rayhon (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
- Qattiq pishloq (ixtiyoriy) 50 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Piyoz, sabzi va sarimsoqni mayda to'g'rab, yog'da 5-7 daqiqa yumshaguncha qovuring.
Qiymani qo'shib, uvalab, rangi o'zgarguncha qovuring.
Po'sti olingan, maydalangan pomidor, tomat pastasi, rayhon, tuz va qalampirni qo'shing. Past olovda 30 daqiqa, quyuqlashguncha dimlang.
Spagettini tuzli suvda qutida yozilganidan 1 daqiqa kam qaynatib, suzing.
Spagettini sous bilan aralashtiring va pishloq sepib torting.