Suli quymog'i
Boshqacha: ovsyanoblin, ovsyanyy blin, suli blini, suli yormali quymoq
- 25 daqiqa
- Oson
- Nonushta
Masalliqlar
- Mayda suli yormasi 80 g
- Sut 120 ml
- Tuxum 4 dona
- Pishloq 80 g
- Pomidor (ixtiyoriy) 1 dona
- Ukrop (ixtiyoriy) ½ bog'
- O'simlik yog'i 1 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Suli yormasi, sut, tuxum va tuzni aralashtirib, 5 daqiqa bo'ktiring.
Kichik tovani yengil yog'lab, xamirning to'rtdan birini quying va qopqoq ostida 2-3 daqiqa pishiring.
Ag'darib, bir yarmiga pishloq, pomidor va ukrop qo'ying.
Ikkinchi yarmi bilan yoping va pishloq erigach torting. Qolganlarini ham shunday pishiring.