Tovuqli grechka
Boshqacha: kupecheskaya grechka, grechka po-kupecheski
- 45 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Grechka 300 g
- Tovuq go'shti 500 g
- Piyoz 100 g
- Sabzi 100 g
- Tomat pastasi 1 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
- Suv 600 ml
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Grechkani terib, yuving.
Tovuqni bo'laklab, qozonda yog'da 8 daqiqa qovuring.
To'g'ralgan piyoz va sabzini qo'shib, 5 daqiqa qovuring. Tomat pastasini qo'shib 1 daqiqa aralashtiring.
Grechka, qaynoq suv, tuz va qalampirni soling.
Qopqog'ini yopib, past olovda suv shimilguncha 20 daqiqa pishiring.
Olovni o'chirib, 5 daqiqa dimlang va torting.