Ko'k loviyali sho'rva
Boshqacha: dukkakli loviya sho'rva, stroychkoviy loviya sho'rva
- 1 soat 15 daqiqa
- Oson
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Qo'y go'shti 300 g
- Ko'k loviya (dukkakli) 200 g
- Kartoshka 300 g
- Baqlajon 1 dona
- Pomidor 300 g
- Bolgar qalampiri 2 dona
- Piyoz 150 g
- O'simlik yog'i 2 osh qoshiq
- Suv 1,8 l
- Qizil qalampir (yanchilgan) ½ choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ukrop va petrushka 1 bog'
Tayyorlash
Go'shtni bo'laklab sovuq suvga soling, ko'pigini olib, 40 daqiqa qaynating.
Piyoz va kubik qilingan kartoshkani soling, 10 daqiqa qaynating.
Loviyaning uchlarini kesib, 3 sm dan to'g'rang. Baqlajon, qalampir va pomidorni kubik qiling.
Sabzavotlarni tovada yog'da 5 daqiqa qovuring va sho'rvaga qo'shing.
Tuz va qizil qalampir soling, 10 daqiqa qaynating. Ko'kat sepib torting.