Kuksu
Boshqacha: kuksi, koreyscha sovuq sho'rva, kuksi sho'rva
- 1 soat
- O'rtacha
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Mol go'shti 300 g
- Kuksu ugrasi (ingichka lapsha) 400 g
- Bodring 300 g
- Oq karam 200 g
- Pomidor 200 g
- Tuxum 2 dona
- Sarimsoq (tish) 4 dona
- Soya sousi 4 osh qoshiq
- Sirka (6%) 3 osh qoshiq
- Shakar 1 osh qoshiq
- Qizil qalampir (maydalangan) 1 choy qoshiq
- O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
- Sovuq qaynatilgan suv 1,5 l
- Kunjut (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq
- Ko'k piyoz (ixtiyoriy) 1 bog'
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Sovuq qaynatilgan suvga soya sousi, sirka, shakar, ezilgan sarimsoq va tuz qo'shing. Muzlatgichda 30 daqiqa sovuting.
Go'shtni ingichka somoncha qilib to'g'rang va yog'da 2 osh qoshiq soya sousi bilan 10 daqiqa qovuring.
Karamni ingichka to'g'rab, ozgina tuz bilan ezib, suvini siqing. Bodringni somoncha qiling.
Tuxumni chalib, yupqa quymoq qilib pishiring va ingichka kesing.
Qizil qalampir ustidan qaynoq yog' quyib, achchiq moy tayyorlang.
Ugrani qaynatib, sovuq suvda yaxshilab yuving.
Kosaga ugra, go'sht, sabzavot, pomidor va tuxum tering. Sovuq suyuqlik quyib, achchiq moy va kunjut bilan torting.