Mosh ko'fta
Boshqacha: mosh kotlet
- 50 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Mosh 300 g
- Tovuq qiymasi 200 g
- Piyoz 100 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Zira 1 choy qoshiq
- Kashnich (ixtiyoriy) 1 bog'
Tayyorlash
Moshni 4-5 soat suvda ivitib qo'ying.
Ivigan moshning suvini to'kib, blenderda maydalang.
Tovuq qiymasi, mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, zira va kashnichni qo'shib, yaxshilab aralashtiring.
Ho'l qo'l bilan yong'oqdek ko'ftachalar yasang.
Ko'ftalarni bug'da 20-25 daqiqa pishiring. Qatiq yoki sabzavot bilan torting.