Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Suyuq taomlar
No'xat sho'rva
Surat: therecepts.com

No'xat sho'rva

Boshqacha: no'xatli sho'rva, nohat sho'rva, noxat shurak

  • 2 soat
  • Oson
  • Suyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

5 kishiga
  • Mol go'shti (suyagi bilan) 600 g
  • No'xat 300 g
  • Kartoshka 400 g
  • Sabzi 200 g
  • Piyoz 150 g
  • Pomidor 200 g
  • Bolgar qalampiri 1 dona
  • Suv 3 l
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Zira (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
  • Kashnich (ixtiyoriy) 1 bog'

Tayyorlash

  1. No'xatni oldindan, kechasi bilan sovuq suvda ivitib qo'ying.

  2. Go'shtni katta bo'laklarda sovuq suvga solib qaynating, ko'pigini yaxshilab oling.

  3. Suvi to'kilgan no'xat va butun piyozni qo'shing. Past olovda 1 soat qaynating.

  4. Sabzi va bolgar qalampirini yirik to'g'rab soling, 15 daqiqa qaynating.

  5. Kartoshka, pomidor, tuz va zirani qo'shing. Kartoshka pishguncha 20 daqiqa qaynating.

  6. Go'shtni bo'laklab kosalarga soling, ustidan sho'rva quying. Kashnich sepib torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha suyuq taomlar