Pomidor sho'rva
Boshqacha: pomidorli sho'rva, pomidor shurpa
- 2 soat 50 daqiqa
- Oson
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Qo'y yoki mol go'shti (suyakli) 600 g
- Pomidor (mayda, butun) 700 g
- Piyoz 250 g
- Kartoshka 500 g
- Achchiq qizil qalampir 1 dona
- Suv 2,5 l
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ukrop ½ bog'
- Kashnich ½ bog'
Tayyorlash
Go'shtni sovuq suvga solib qaynating, ko'pigini olib, past olovda 2 soat qaynating.
Go'shtni olib, bo'laklarga bo'ling va qaytarib soling.
Halqa qilingan piyoz va butun qalampirni qo'shib, 10 daqiqa qaynating.
Butun pomidor va yirik bo'laklangan kartoshkani soling, tuz qo'shing.
Past olovda 30 daqiqa qaynating, pomidor yorilmasin. Ko'kat sepib torting.