Qovoqli oladi
Boshqacha: tykvennye oladi, oshqovoq oladi, qovoq quymog'i, kefirli qovoq oladi
- 35 daqiqa
- Oson
- Nonushta
Masalliqlar
- Oshqovoq 300 g
- Kefir 200 ml
- Tuxum 2 dona
- Un 200 g
- Shakar 2 osh qoshiq
- Soda ½ choy qoshiq
- Dolchin (ixtiyoriy) ½ choy qoshiq
- Tuz 1 chimdim
- O'simlik yog'i 5 osh qoshiq
Tayyorlash
Qovoqni tozalab, mayda qirg'ichdan o'tkazing.
Tuxumni shakar va tuz bilan chayqab, iliq kefir va qovoqni qo'shing.
Un, soda va dolchinni qo'shib, quyuq smetanadek xamir qiling.
Tovada yog' qizdirib, xamirni qoshiqlab soling va o'rtacha olovda ikki tomonini qizartiring.
Smetana, asal yoki murabbo bilan torting.