Shuba salati
Boshqacha: seld pod shuboy, shuba, po'stin ostida seld
- 2 soat 20 daqiqa
- O'rtacha
- Salat
Masalliqlar
- Tuzlangan seld (filesi) 300 g
- Kartoshka 300 g
- Sabzi 250 g
- Lavlagi 400 g
- Piyoz 100 g
- Mayonez 250 g
- Tuxum (ixtiyoriy) 3 dona
Tayyorlash
Kartoshka, sabzi va lavlagini po'sti bilan pishiring, tuxumni qaynating. Sovuting.
Seldni suyakdan tozalab kubik qiling, piyozni mayda to'g'rang.
Kartoshkani qirg'ichdan o'tkazib, likopga yoying va mayonez surting.
Ustiga seld va piyozni, keyin qirg'ichdan o'tgan sabzi va tuxumni qo'yib, mayonez surting.
Oxirida qirg'ichdan o'tgan lavlagi bilan hammasini yoping va mayonez surting.
Muzlatgichda kamida 1 soat singdirib torting.