Sho'rva
Boshqacha: shurpa, qo'y go'shtli sho'rva
- 2 soat
- Oson
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Qo'y go'shti (suyagi bilan) 600 g
- Kartoshka 500 g
- Sabzi 200 g
- Piyoz 150 g
- Pomidor 150 g
- Bolgar qalampiri 1 dona
- No'xat (ixtiyoriy) 70 g
- Suv 3 l
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ukrop yoki kashnich (ixtiyoriy) 1 bog'
Tayyorlash
No'xatni oldindan, kechasi bilan ivitib qo'ying.
Go'shtni katta bo'laklarda sovuq suvga solib qaynating. Ko'pigini yaxshilab oling.
No'xat va butun piyozni qo'shib, past olovda 1 soat qaynating.
Sabzi va bolgar qalampirini yirik to'g'rab soling. 15 daqiqa qaynating.
Kartoshka, pomidor va tuzni qo'shing. Kartoshka pishguncha 20 daqiqa qaynating.
Go'shtni bo'laklab, kosalarga sho'rva bilan soling. Ko'kat sepib torting.