Solyanka
Boshqacha: selyanka, solyanka sho'rva
- 1 soat 20 daqiqa
- O'rtacha
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Mol go'shti 300 g
- Halol qaynatma kolbasa 200 g
- Tuzlangan bodring 200 g
- Piyoz 150 g
- Tomat pastasi 2 osh qoshiq
- O'simlik yog'i 2 osh qoshiq
- Suv 2 l
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
- Maslina (zaytun) (ixtiyoriy) 80 g
- Limon (ixtiyoriy) 1 dona
- Smetana (ixtiyoriy) 4 osh qoshiq
Tayyorlash
Go'shtni sovuq suvga solib, ko'pigini olib, 1 soat qaynating. Olib, somoncha qilib to'g'rang.
Piyozni yog'da 5 daqiqa qovuring, tomat pastasini qo'shib 2 daqiqa aralashtiring.
Somoncha qilingan bodringni qo'shib, 5 daqiqa qovuring.
Bulyonga go'sht, somoncha kolbasa va qovurmani soling. 10 daqiqa qaynating.
Maslina, tuz va qalampir qo'shing.
Kosaga limon bo'lagi va smetana qo'yib torting.