Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Tovuqli osh
Surat: NimaOvqat

Tovuqli osh

Boshqacha: tovuq palov, plov s kuritsey

  • 1 soat 15 daqiqa
  • O'rtacha
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Guruch 400 g
  • Tovuq (son qismi) 600 g
  • Sabzi 400 g
  • Piyoz 200 g
  • O'simlik yog'i 150 ml
  • Sarimsoq boshi 1 dona
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Zirk (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq
  • Tuz ta'bga ko'ra

Tayyorlash

  1. Guruchni yuvib, sho'r suvda ivitib qo'ying.

  2. Qozonda yog'ni qizdirib, halqa qilib to'g'ralgan piyozni qovuring.

  3. Tovuqni bo'laklab soling va qizarguncha qovuring. Somoncha qilib to'g'ralgan sabzini qo'shib, 5-7 daqiqa qovuring.

  4. Zira, zirk va tuz soling. Hammasini yopguncha issiq suv quyib, o'rtaga sarimsoqni qo'ying va 20 daqiqa qaynating.

  5. Guruchni tekis yoying, guruchdan 1,5 sm baland qaynoq suv quyib, suvi singguncha pishiring.

  6. Guruchni yig'ib, qopqoqni yopib, past olovda 20 daqiqa dimlang. Aralashtirib torting.

Yoniga

Osh turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar