Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Suyuq taomlar
Grechkali sho'rva
Surat: gidbody.com

Grechkali sho'rva

Boshqacha: grechnevyy sup, grechka sho'rva, grechkali tovuq sho'rva

  • 1 soat
  • Oson
  • Suyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Tovuq (son qismi) 500 g
  • Grechka 100 g
  • Kartoshka 300 g
  • Sabzi 100 g
  • Piyoz 100 g
  • O'simlik yog'i 2 osh qoshiq
  • Suv 2,5 l
  • Dafna yaprog'i (ixtiyoriy) 1 dona
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Ukrop (ixtiyoriy) 1 bog'

Tayyorlash

  1. Tovuqni sovuq suvga solib qaynating, ko'pigini oling. Past olovda 30 daqiqa qaynating.

  2. Grechkani terib, yuving.

  3. Tovada piyoz va qirg'ichdan o'tgan sabzini 5 daqiqa qovuring.

  4. Sho'rvaga grechka va kubik qilingan kartoshkani soling, 15 daqiqa qaynating.

  5. Qovurma, tuz va dafna yaprog'ini qo'shib, yana 5 daqiqa pishiring.

  6. Tovuqni bo'laklab kosalarga soling, ukrop sepib torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha suyuq taomlar