Shavla
Boshqacha: shovla, shavlya
- 1 soat 15 daqiqa
- Oson
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Guruch 300 g
- Mol go'shti 300 g
- Sabzi 250 g
- Piyoz 150 g
- Pomidor 1 dona
- O'simlik yog'i 60 ml
- Suv 1 l
- Tuz ta'bga ko'ra
- Zira 1 choy qoshiq
Tayyorlash
Guruchni yuvib, suvga solib qo'ying.
Qozonda yog'ni qizdirib, piyozni qovuring. Mayda to'g'ralgan go'shtni qo'shib qizartiring.
Sabzi va pomidorni to'g'rab qo'shing, 10 daqiqa qovuring.
1 litr suv quyib, tuz va zira soling. 15 daqiqa qaynating.
Guruchni qo'shing va aralashtirib turib, past olovda 20-25 daqiqa pishiring. Shavla bo'tqadek yumshoq bo'ladi.
Qopqoqni yopib, 10 daqiqa dimlang.