G'o'ra o'rikli sho'rva
Boshqacha: g'o'rali ugra, g'o'ra sho'rva, sup-lapsha s nedozrelym uryukom
- 2 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Go'shtli suyak 600 g
- Suv 2,5 l
- G'o'ra o'rik 40 dona
- Un 300 g
- Tuxum 2 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ko'kat (ixtiyoriy) ½ bog'
Tayyorlash
Suyakni yuvib, sovuq suvga soling. Qaynagach ko'pigini olib, past olovda 2 soat qaynating.
Un, tuxum va chimdim tuzdan qattiq xamir qoring, yupqa yoyib ingichka ugra qilib kesing.
Suyakni olib, go'shtini ajrating va bulyonni suzib oling.
Danagi hali qotmagan yosh g'o'ra o'rikni yuvib, qaynoq bulyonga soling. Tuzini rostlang.
Ugrani solib, 5-7 daqiqa pishiring.
Har bir kosaga 8-10 tadan o'rik tushadigan qilib, go'sht va ko'kat bilan torting.