Jigar torti
Boshqacha: pechyonochnyy tort, jigarli tort, jigar korjli tort
- 2 soat
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Mol jigari 600 g
- Tuxum 2 dona
- Sut 150 ml
- Un 5 osh qoshiq
- O'simlik yog'i (xamirga) 2 osh qoshiq
- O'simlik yog'i (qovurishga) ta'bga ko'ra
- Sabzi 400 g
- Piyoz 300 g
- Mayonez 200 g
- Sarimsoq (tish) 3 dona
- Ukrop (ixtiyoriy) ½ bog'
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Jigarni yuvib, pardasi va tomirlaridan tozalang, bo'laklab blenderda yoki go'sht maydalagichda ikki marta maydalang.
Jigarga tuxum, sut, un, 2 osh qoshiq yog', tuz va qalampir qo'shib, suyuq smetanadek xamir qiling.
22 sm li tovani yupqa yog'lab qizdiring. 3-4 osh qoshiq xamirni yoyib, har tomonini 1,5-2 daqiqadan pishiring. 7-8 ta korj chiqadi.
Piyozni mayda to'g'rab, sabzini qirg'ichdan o'tkazib, yog'da 10 daqiqa yumshaguncha qovuring, tuz seping.
Mayonezni ezilgan sarimsoq bilan aralashtiring.
Korjni sarimsoqli mayonez bilan surtib, ustiga sabzavot yoying va keyingi korjni qo'ying. Hammasini shunday taxlang, ustini mayonez va ukrop bilan bezang.
Kamida 1 soat muzlatkichda singdirib, bo'laklab torting.