Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Osh
Surat: eugene k / Pexels

Osh

Boshqacha: palov, plov

  • 1 soat 50 daqiqa
  • O'rtacha
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

6 kishiga
  • Guruch 1 kg
  • Qo'y go'shti 800 g
  • Sabzi 1 kg
  • Piyoz 300 g
  • O'simlik yog'i 200 ml
  • Sarimsoq boshi (ixtiyoriy) 2 dona
  • Zira (ixtiyoriy) 1 osh qoshiq
  • Tuz ta'bga ko'ra

Tayyorlash

  1. Guruchni bir necha marta yuvib, iliq suvga solib qo'ying.

  2. Qozonda yog'ni yaxshi qizdiring. Piyozni halqa qilib to'g'rab, qizarguncha qovuring.

  3. Go'shtni bo'laklab soling va har tomoni qizarguncha 15 daqiqa qovuring.

  4. Sabzini somoncha qilib to'g'rang, qo'shib 10 daqiqa qovuring.

  5. Tuz va zira soling. Issiq suv quyib, o'rtacha olovda 30 daqiqa zirvak qaynating.

  6. Guruchning suvini to'kib, zirvak ustiga tekis yoying. Suv guruchdan bir barmoq bo'g'ini baland bo'lsin.

  7. Suv singib ketguncha qopqoqsiz 15-20 daqiqa pishiring.

  8. Guruchni o'rtaga yig'ib, sarimsoqni botirib qo'ying. Qopqoqni yopib, past olovda 20-25 daqiqa dimlang, so'ng aralashtirib torting.

Yoniga

Osh turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar